Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
TAHLIL VA NAZORAT.
янв.21
AHOLI BANDLIGI MASALASI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI.
янв.21
PARTIYA TASHABBUSLARI VA DOIMIY KOMISSIYA FAOLIYATI — AMALIY YONDASHUV ASOSIDA
янв.21
DEPUTATLAR VA "MAHALLA YETTILIGI", TUMAN HOKIMLIGI MA'SULLARI HAMKORLIGIDA HUDUDDAGI MUAMMOLAR O‘RGANILDI
янв.21
IJTIMOIY HIMOYA MASALALARI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Deputat va fuqarolar uchrashuvi: muammolar o‘rganilib, yechimlar belgilandi
янв.21
Aholi bandligi va kambag‘allikni qisqartirish masalalari o‘rganildi
янв.21
Hudud taraqqiyoti va obod mahalla — xalq manfaatlari yo‘lida!
янв.21
Xalq deputatlari Ko‘kdala tuman Kengashining navbatdagi VII-chaqiriq yigirma oltinchi sessiyasi o'tkazildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-405-sonli qaror ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI

 SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI

✅ Xalq deputatlari Boysun tuman Kengashiga 6-Sho‘rsoy saylov okrugidan saylangan deputat Baxoviddinov Samat Boyqobilovich tomonidan tasdiqlangan reja-grafik asosida saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi.

✅ Uchrashuv davomida deputat saylov okrugi hududidagi aholi bilan ochiq muloqot qilib, fuqarolarni qiynayotgan masalalar, ularning taklif va murojaatlarini bevosita tingladi. Saylovchilar tomonidan bildirilgan har bir masala yuzasidan tegishli tushuntirishlar berilib, hal etish imkoniyatlari muhokama qilindi.

✅ Shuningdek, aholi tomonidan ko‘tarilgan muammolarni tegishli tashkilot va mas’ullar bilan hamkorlikda o‘rganish, zarur hollarda deputatlik so‘rovlari orqali amaliy choralar ko‘rish masalalari belgilab olindi.

🤝 Saylovchilar bilan muntazam muloqot — deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri. Bunday uchrashuvlar aholining fikr va takliflarini o‘rganish, hududdagi dolzarb masalalarni aniqlash hamda ularning yechimi bo‘yicha amaliy ishlarni tashkil etishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4