Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
TAHLIL VA NAZORAT.
янв.21
AHOLI BANDLIGI MASALASI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI.
янв.21
PARTIYA TASHABBUSLARI VA DOIMIY KOMISSIYA FAOLIYATI — AMALIY YONDASHUV ASOSIDA
янв.21
DEPUTATLAR VA "MAHALLA YETTILIGI", TUMAN HOKIMLIGI MA'SULLARI HAMKORLIGIDA HUDUDDAGI MUAMMOLAR O‘RGANILDI
янв.21
IJTIMOIY HIMOYA MASALALARI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Deputat va fuqarolar uchrashuvi: muammolar o‘rganilib, yechimlar belgilandi
янв.21
Aholi bandligi va kambag‘allikni qisqartirish masalalari o‘rganildi
янв.21
Hudud taraqqiyoti va obod mahalla — xalq manfaatlari yo‘lida!
янв.21
Xalq deputatlari Ko‘kdala tuman Kengashining navbatdagi VII-chaqiriq yigirma oltinchi sessiyasi o'tkazildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-405-sonli qaror ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
#deputat nazorati

HUDUDLARDA DEPUTAT NAZORATI: Aholi yashash sharoitlari va BSK faoliyati o'rganilmoqda

Xalq deputatlari shahar Kengashi 18-saylov okrug deputati A.Tursunboev, kotibiyat mudiri K.Umarboev, kotibiyati bosh mutaxassisi N.Jo'raboeva hamda mahalla raisilari bilan birgalikda Taraqqiyot mahalla fuqarolar yig'inida hudud infratuzilmasi va aholi yashash sharoitlari o'rganildi.

O'rganishlar davomida quyidagi masalalarga alohida e'tibor qaratildi:
🔹Ko'p qavatli uylar va ularning kirish yo'laklaridagi (pod'yezdlar) sanitariya va texnik holat;
🔹Ichki ko'chalar holati hamda hududning obodonlashtirish darajasi;
🔹Ko'p qavatli uylardagi liftlarning texnik sozligi va xavfsizlik talablariga javob berishi;
🔹Hududga xizmat ko'rsatuvchi Boshqaruv servis kompaniyasi (BSK) faoliyatining samaradorligi.

Xususan, "Mustaqilligimizning 35 yilligi" dahasidagi ko'p qavatli uylarning bugungi kundagi holati mahalla raisi va soha mas'ullari ishtirokida batafsil ko'zdan kechirildi.
Natija va nazorat
O'rganishlar jarayonida aniqlangan kamchilik va mavjud muammolar deputatning maxsus muammolarni qayd qilish jurnaliga kiritildi. Ushbu kamchiliklarni o'z vaqtida va sifatli bartaraf etish yuzasidan mas'ullarga tegishli ko'rsatmalar berilib, ijrosi qat'iy deputat nazoratiga olindi.

Ta'kidlash joizki, xalq vakillari tomonidan joylarda olib borilayotgan bu kabi tizimli o'rganishlar va nazorat tadbirlari natijasida ko'plab hududlarda muammolar o'z yechimini topib, xalqimizning yashash sharoitlarini yaxshilash borasida ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.

Slide 1 of 2