Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
TAHLIL VA NAZORAT.
янв.21
AHOLI BANDLIGI MASALASI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI.
янв.21
PARTIYA TASHABBUSLARI VA DOIMIY KOMISSIYA FAOLIYATI — AMALIY YONDASHUV ASOSIDA
янв.21
DEPUTATLAR VA "MAHALLA YETTILIGI", TUMAN HOKIMLIGI MA'SULLARI HAMKORLIGIDA HUDUDDAGI MUAMMOLAR O‘RGANILDI
янв.21
IJTIMOIY HIMOYA MASALALARI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Deputat va fuqarolar uchrashuvi: muammolar o‘rganilib, yechimlar belgilandi
янв.21
Aholi bandligi va kambag‘allikni qisqartirish masalalari o‘rganildi
янв.21
Hudud taraqqiyoti va obod mahalla — xalq manfaatlari yo‘lida!
янв.21
Xalq deputatlari Ko‘kdala tuman Kengashining navbatdagi VII-chaqiriq yigirma oltinchi sessiyasi o'tkazildi.
янв.21
KUTUBXONA FAOLIYATI VA ADABIYOTLAR TA’MINOTI O‘RGANILDI
#_munosabat

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida hudud va tarmoqlarda iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlash, joriy yilning birinchi yarim yillik yakunlari hamda yil oxirigacha amalga oshiriladigan ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida tanqidiy tahlillar asosida berilgan topshiriqlar har bir rahbar va mas’ulning faoliyatiga xolis baho berish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda iqtisodiy islohotlar samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi raisi sifatida mazkur yig‘ilishda belgilangan vazifalar hududlar rivoji uchun muhim dasturilamal ekanini ta’kidlayman. Ayniqsa, investitsiyalarni ko‘paytirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, eksport salohiyatini oshirish va mahallalarda iqtisodiy faollikni kuchaytirish bo‘yicha berilgan topshiriqlarni joylarda sifatli ijro etish ustuvor vazifa hisoblanadi.
Deputatlar ham o‘z vakolatlari doirasida ushbu topshiriqlarning ijrosini doimiy nazorat qilib borishi, hududlardagi muammolarni joyiga chiqib o‘rganishi hamda aholini qiynayotgan masalalarga amaliy yechim topilishiga ko‘maklashishi lozim. Chunki iqtisodiy o‘sishning asosiy mezoni – odamlar hayotida sezilarli ijobiy o‘zgarishlarni ta’minlashdir.
Ishonchim komilki, Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan vazifalar barcha darajadagi mas’ullar, deputatlar va mutasaddi tashkilotlarning hamjihatlikdagi sa’y-harakatlari bilan to‘liq amalga oshirilib, yurtimizning barqaror iqtisodiy taraqqiyoti va aholi farovonligini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.