Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
TAHLIL VA NAZORAT.
янв.21
AHOLI BANDLIGI MASALASI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI.
янв.21
PARTIYA TASHABBUSLARI VA DOIMIY KOMISSIYA FAOLIYATI — AMALIY YONDASHUV ASOSIDA
янв.21
DEPUTATLAR VA "MAHALLA YETTILIGI", TUMAN HOKIMLIGI MA'SULLARI HAMKORLIGIDA HUDUDDAGI MUAMMOLAR O‘RGANILDI
янв.21
IJTIMOIY HIMOYA MASALALARI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Deputat va fuqarolar uchrashuvi: muammolar o‘rganilib, yechimlar belgilandi
янв.21
Aholi bandligi va kambag‘allikni qisqartirish masalalari o‘rganildi
янв.21
Hudud taraqqiyoti va obod mahalla — xalq manfaatlari yo‘lida!
янв.21
Xalq deputatlari Ko‘kdala tuman Kengashining navbatdagi VII-chaqiriq yigirma oltinchi sessiyasi o'tkazildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-405-sonli qaror ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
Yoshlar masalasi — deputat e’tibor markazida

Xalq deputatlari Ko‘kdala tuman Kengashi 1-“Torjilg‘a” saylov okrugi deputati E.Umirzoqov tomonidan mahallada yoshlar bilan ishlash tizimi, amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi hamda yoshlar bandligi holatini o‘rganish yuzasidan amaliy monitoring olib borildi.

O‘rganish jarayonida Torjilg‘a mahalla fuqarolar yig‘inidagi yoshlar yetakchisi tomonidan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, bandligini ta’minlash hamda ijtimoiy faolligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.

Shuningdek, yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning taklif va tashabbuslari tinglandi. Bandlik, ta’lim va tadbirkorlikka oid murojaatlar yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Yoshlar — yurt kelajagi. Ularning manfaatlarini himoya qilish, imkoniyatlarini kengaytirish va hayotda o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashish har bir mas’ulning ustuvor vazifasidir.

Slide 1 of 5