Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
TAHLIL VA NAZORAT.
янв.21
AHOLI BANDLIGI MASALASI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI.
янв.21
PARTIYA TASHABBUSLARI VA DOIMIY KOMISSIYA FAOLIYATI — AMALIY YONDASHUV ASOSIDA
янв.21
DEPUTATLAR VA "MAHALLA YETTILIGI", TUMAN HOKIMLIGI MA'SULLARI HAMKORLIGIDA HUDUDDAGI MUAMMOLAR O‘RGANILDI
янв.21
IJTIMOIY HIMOYA MASALALARI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Deputat va fuqarolar uchrashuvi: muammolar o‘rganilib, yechimlar belgilandi
янв.21
Aholi bandligi va kambag‘allikni qisqartirish masalalari o‘rganildi
янв.21
Hudud taraqqiyoti va obod mahalla — xalq manfaatlari yo‘lida!
янв.21
Xalq deputatlari Ko‘kdala tuman Kengashining navbatdagi VII-chaqiriq yigirma oltinchi sessiyasi o'tkazildi.
янв.21
KUTUBXONA FAOLIYATI VA ADABIYOTLAR TA’MINOTI O‘RGANILDI
XONADONLAR OBODLIGI — MAHALLA KO‘RKI

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining 13-Bo‘z saylov okrugi deputati D. Ergasheva o‘z saylov okrugi hududidagi Mingchinor mahallasi U.Nosir ko‘chasida mahalla faollari bilan birgalikda fuqarolar xonadonlariga tashrif buyurdi.

Muloqotlar davomida xonadonlar atrofi, ko‘cha bo‘ylari va umumiy foydalanish hududlarini ozoda saqlash, obodonlashtirish ishlarini yanada jadallashtirish, begona o‘t-o‘lanlarni o‘z vaqtida tozalash hamda yashil hududlarni asrab-avaylash yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

Shuningdek, fuqarolar obodonlashtirish tadbirlarida faol ishtirok etishga, o‘z yashash hududiga mas'uliyat bilan yondashishga va mahallaning yanada obod hamda fayzli bo‘lishiga hissa qo‘shishga chorlandi.

Hamjihatlikda amalga oshirilayotgan bunday sa'y-harakatlar mahallalarda ozoda va qulay yashash muhitini yaratishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 3