Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
TAHLIL VA NAZORAT.
янв.21
AHOLI BANDLIGI MASALASI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI.
янв.21
PARTIYA TASHABBUSLARI VA DOIMIY KOMISSIYA FAOLIYATI — AMALIY YONDASHUV ASOSIDA
янв.21
DEPUTATLAR VA "MAHALLA YETTILIGI", TUMAN HOKIMLIGI MA'SULLARI HAMKORLIGIDA HUDUDDAGI MUAMMOLAR O‘RGANILDI
янв.21
IJTIMOIY HIMOYA MASALALARI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Deputat va fuqarolar uchrashuvi: muammolar o‘rganilib, yechimlar belgilandi
янв.21
Aholi bandligi va kambag‘allikni qisqartirish masalalari o‘rganildi
янв.21
Hudud taraqqiyoti va obod mahalla — xalq manfaatlari yo‘lida!
янв.21
Xalq deputatlari Ko‘kdala tuman Kengashining navbatdagi VII-chaqiriq yigirma oltinchi sessiyasi o'tkazildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-405-sonli qaror ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
Deputatlik nazorat tahlil ishlari davom etmoqda…

#deputatlar_nazorati
Hududda amalga oshirilayotgan asfaltlash ishlari deputat nazoratida

Xalq deputatlari Margʻilon shahar Kengashi deputati X.Abdurahmonov tomonidan saylov okrugidagi Yoyilma mahallasi Temur Malik va Sahiy Buxoriy ko‘chalarida amalga oshirilayotgan asfaltlash ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida deputatga Yoyilma MFY raisi hamrohlik qildi. Shuningdek, ko‘cha boshilari va mahalla faollari bilan muloqot o‘tkazilib, hududda olib borilayotgan qurilish-montaj ishlarining borishi, bajarilayotgan ishlar sifati hamda belgilangan muddatlarga rioya etilishi yuzasidan fikr almashildi.

Mazkur asfaltlash ishlari "Muhammad Fayz" MCHJ tomonidan amalga oshirilmoqda. Deputat tomonidan ishlarning loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq, sifatli va belgilangan muddatlarda bajarilishi yuzasidan deputatlik nazorati olib borilayotgani ta’kidlandi.

Muloqot davomida hudud aholisi ko‘p yillardan buyon kutilgan asfaltlash ishlari boshlanganidan mamnun ekanliklarini bildirib, ichki yo‘llarning ta’mirlanishi nafaqat transport qatnovi, balki piyodalar, bolalar va keksalar uchun ham qulaylik yaratishini qayd etdilar. Fuqarolar amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari uchun o‘z minnatdorliklarini izhor etdilar.

Hudud infratuzilmasini yaxshilash, aholining qulay va xavfsiz harakatlanishini ta’minlashga qaratilgan bunday loyihalar ijrosi Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputatlari tomonidan muntazam deputatlik nazoratida olib boriladi.

Slide 1 of 10