Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi deputati Raximov Mutallib Amirqulovich o‘zining 21-Yangikent saylov okrugidagi mahallalarda muammolar yuzasidan o‘rganishlar olib bordi. Jumladan “Chaqar” mahalla fuqarolar yig‘ini Chaqar qishlog‘ining asosiy yo‘lini Xo‘jamurod qishlog‘i bilan bog‘lovchi ichki yo‘llarni holatini ko‘zdan kechirdi. Fuqarolar ushbu yo‘lni dastur asosida bo‘lsa ham asfalt qilishda amaliy yordam so‘rashdi. Tegishli mutasaddilarga bu murojaatni yetkazib, ijobiy hal qilinishiga kelishib olindi.