Yangiliklar

Deputat xalq bilan

 O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisi Senati “Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini
kuchaytirishga ko‘maklashuvchi komissiyasi”ning 2024-yil 31-yanvardagi
“Mahalliy Kengashlar deputatlari faoliyati samaradorligini oshirish
to‘g‘risida”gi 22-sonli qarori
hamda Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari tomonidan saylovchilar
bilan uchrashuvlarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi 2024-yil 26-fevral
VI-16-21-4-224-K/24-sonli
qarorini ijrosini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan grafik reja asosida
Xalq deputatlari Ko‘kdala tuman Kengashi kotibiyati mudiri, 7-Xushali saylov
okrugi deputati, O‘zLiDeP Ko‘kdala
tuman bo‘limi raisi, Bektemirov Furqat Uroqovich o‘zining 7-Xushali saylov
okrugida saylovchilar bilan deputatlik uchrashuvlari o‘tkazdi.   

Slide 1 of 5