Umumta’lim maktablarida davomat tadbirlari o‘tkazilib, o‘quvchilarning fanlarga qiziqishlari o‘rganildi.
Xalq deputatlari Farg‘ona tumani Kengashi deputati Sh.Jo‘rayev tumandagi Dilkusho mahalla fuqarolar yig‘inida faoliyat olib borayotgan xodimlari ishtirokida hududdagi 20-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib, o‘quvchilar davomatlari, ularning fanlarga qiziqishlari, maktabdagi obodonlashtirish ishlari yuzasidan davomat tadbiri o‘tkazildi. Tadbir davomida ta’lim dargohida ta’lim oluvchi o‘quvchilar o‘rtasida surunkali hamda sababsiz
dars qoldiruvchi o‘quvchilar bor-yo‘qligiga alohida e’tibor qaratilib, ular bilan suhbat jarayonida “Yangi O‘zbekistonning Uchinchi Renessans poydevorini mustahkamlash hamda uning tadrijiy rivojlanishga vatanparvar shaxs sifatida hissa qo‘shish barcha vatandoshlarimizning ezgu orzu umidlaridan biriga aylanmog‘i kerak”ligi ta’kidlab o‘tildi.