“Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” mezonlarini joriy etish bo‘yicha Koson tumanining “Chiroqchi” mahallasida qurilish-rekanstruksiya ishlari jadallik bilan davom etmoqda. Jumladan, mahallada qarovsiz va xarob ahvolga kelib qolgan bino hozirda zamonaviy nodavlat bolalar ta’lim muassasasiga aylantirilmoqda.
Mazkur binoni tadbirkor o‘z mablag‘i evaziga bolalar bog‘chasi sifatida ta‘mirlash tashabbusi bilan chiqdi. Hozirda binoning ichki va tashqi fasad, qurilish-ta‘mirlash ishlari amalga oshiriloqda.