Yigʻilish davomida tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i F.Ochilov 2024 yilning yanvar oyidan avgust oyiga qadar tuman tibbiyot birlashmasi xodimlari tomonidan tumanimizda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida so‘zga chiqdi. Kun tartibidagi masalalar yuzasidan doimiy komissiya a’zolari tomonidan qilingan ishlar to‘g‘risida fikrlar bildirildi. Yuqoridagilardan kelib chiqib, Xalq deputatlari Kogon tuman Kengashining navbatdagi sessiya muhokamasida kiritish tavsiya etildi.