35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Kengashlar

Du
Se
Cho
Pa
Ju
Sha
Yak
28 июл 2026

📍 CHOLOKI MFYDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI O‘RGANILDI

img📍 CHOLOKI MFYDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI O‘RGANILDI Xalq deputatlari Kogon tuman Kengashi kotibiyati mudiri A.Bozorov tomonidan Choloki MFY hududida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va hududni yanada obod qilish ishlari bilan tanishildi.
26 ноябр 2025

Kogon tumanida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish ishlari izchil davom etmoqda!

imgBugun ekologiyani asrash, yashil hududlarni kengaytirish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish mamlakatimizda davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Prezidentimiz tashabbusi bilan hayotga tatbiq etilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida respublikaning barcha hududlarida keng ko‘lamli ko‘chat ekish ishlari amalga oshirilmoqda. Ushbu loyiha orqali shahar va tumanlarda yashil maydonlar qamrovini oshirish, ekologik muvozanatni tiklash hamda aholiga yanada qulay yashash muhiti yaratish ko‘zda tutilgan. Shu maqsadda Kogon tumanida ham loyiha doirasidagi ishlar izchil davom etmoqda. Jumladan barcha hududlardagi ijtimoiy soha obyektlari, aholi xonadonlari, fermer xo‘jaliklari, ayniqsa dala maydonlari va yo‘l bo‘ylarida noyob, manzarali daraxt ko'chatlari ekilmoqda. Mazkur ishlar nafaqat hududning ko‘rkamligini oshiradi, balki kelgusida iqtisodiy samaradorlik ham berishi, ekologik muhitni yaxshilashi bilan ahamiyatlidir. “Yashil makon” loyihasining Kogon tumanida olib borilayotgan amaliy ishlari — ekologik farovonlik, toza havo va yashil muhitni avlodlarga meros sifatida qoldirishga qaratilgan ezgu tashabbusning yana bir yorqin ko‘rinishidir. Xususan, Kogon tuman Ekologik Partiyasi, tuman Ekologiya bo'limi hamda tuman Favqulotda vaziyatlar bo'limi bilan hamkorlikda tumanning O'zbekiston mahalla fuqarolar yig'ini hududida Yashil makon umummilliy loyihasi doirasida mevali va manzarali daraxtlar ekilib ko'rkam bog' yaratdilar. Siyosiy partiyaning tuman tashkilotlari bilan bo'lgan bu kabi hamkorligi kelgusidagi ishlarda ham o'z samarasini ko'rsatadi desak mubolag'a bo'lmaydi.

"Tazyiq va zo’ravonliklarsiz sog’lom jamiyat sari” Shiori ostida “Qonun ustuvor – jazo muqarrar” mavzusida, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Kogon tuman Kengashi deputati Karimova Gulmira Bekjonovna aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Tazyiq va zo‘ravonlik - o‘z ko‘lamiga ko‘ra global muammo. U turmush darajasi va demokratizatsiya formatidan qat’iy nazar, dunyoning barcha mamlakatlarida kuzatiladi. Ayollardan nafratlanuvchi erkaklarni faqat qashshoq yoki badavlat, oliy ma’lumotli yoki ma’lumoti yo‘q, yevropalik yo osiyolik deb ajratib bo‘lmaydi. Bundaylarning alohida bir millati yo e’tiqodi bo‘lmaydi. Uchrashuv davomida muammolarga yechim topishga harakat qilindi va bildirilgan taklif va mulohazalari muhokama qilindi.

img"Tazyiq va zo’ravonliklarsiz sog’lom jamiyat sari” Shiori ostida “Qonun ustuvor – jazo muqarrar” mavzusida, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Kogon tuman Kengashi deputati Karimova Gulmira Bekjonovna aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Tazyiq va zo‘ravonlik - o‘z ko‘lamiga ko‘ra global muammo. U turmush darajasi va demokratizatsiya formatidan qat’iy nazar, dunyoning barcha mamlakatlarida kuzatiladi. Ayollardan nafratlanuvchi erkaklarni faqat qashshoq yoki badavlat, oliy ma’lumotli yoki ma’lumoti yo‘q, yevropalik yo osiyolik deb ajratib bo‘lmaydi. Bundaylarning alohida bir millati yo e’tiqodi bo‘lmaydi. Uchrashuv davomida muammolarga yechim topishga harakat qilindi va bildirilgan taklif va mulohazalari muhokama qilindi.