30-sentabr: kun tartibidagi muhim vazifalar belgilandi
#kotibyat_kunlik_ishlar
30-sentabr: kun tartibidagi muhim vazifalar belgilandi
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi kotibiyati mudiri Sh. Isamutdinov rahbarligida, Z. Temirova ishtirokida 30-sentabr kuni amalga oshiriladigan vazifalar yuzasidan ish jarayoni muhokama qilindi.
Kun tartibida — deputatlar faoliyatini samarali tashkil etish, Kengash qarorlari ijrosini tizimli nazoratga olish, fuqarolar murojaatlarini o‘rganish hamda hududdagi dolzarb masalalarga amaliy yechim topish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, belgilangan vazifalarni aniq muddatlarda bajarish, har bir yo‘nalish bo‘yicha mas’uliyatni kuchaytirish va natijadorlikni oshirish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab berildi.
Asosiy maqsad — har bir belgilangan vazifani shunchaki bajarish emas, balki uning amaliy natijasini ta’minlash.