Sessiya davomida ko‘p kvartirali uy-joy fondini saqlash, ularning texnik holatini yaxshilash, tutash hududlarni obodonlashtirish, uy-joy kommunal xizmatlari sifatini oshirish hamda aholiga qulay yashash sharoitlarini yaratish borasida amalga oshiriladigan vazifalar muhokama qilindi.
Shuningdek, 2026-yilda ko‘p kvartirali uylarning tutash hududlarini obodonlashtirish, uylarni mukammal va joriy ta’mirlash, qurilish-montaj ishlarini sifatli tashkil etish hamda ajratilgan mablag‘lardan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Doimiy komissiya tomonidan qaror loyihasi ma’qullanib, unda belgilangan vazifalar va chora-tadbirlar shahar infratuzilmasini rivojlantirish hamda aholining turmush sharoitlarini yanada yaxshilashga xizmat qilishi ta’kidlandi. Qaror loyihasini tasdiqlash maqsadga muvofiq deb topildi.