Sessiya davomida yoshlar muammolarini hal etish, ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka jalb qilish, kasb-hunarga o‘qitish hamda “Yoshlar daftari” bilan ishlash tizimi samaradorligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Shuningdek, yoshlarni daromadli mehnat bilan qamrab olish, ularning iste’dod va qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish hamda sportga keng jalb qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Doimiy komissiya tomonidan hisobot qoniqarli deb topilib, taqdim etilgan qaror loyihasida belgilangan vazifalar va chora-tadbirlar ma’qullandi hamda uni tasdiqlash maqsadga muvofiq deb topildi.