#tavsiyalar_asosida
Amir Temur MFY hududida yangi qurilgan zamonaviy sport maydonchasi Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi raisi A. Yangiyev, kotibiyat mudiri Sh. Isamutdinov hamda mutaxassislar I. Ikromov va Z. Temirovalar tomonidan joyiga chiqilib o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida yangi barpo etilgan sport inshootining qurilish sifati, zamonaviy talablarga mos jihozlanishi, maydon qoplamasining holati hamda ob’ektning foydalanishga tayyorlik darajasi batafsil ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, yoshlar uchun yaratilgan qulay sharoitlar, sport bilan muntazam shug‘ullanish imkoniyatlari va xavfsizlik standartlariga rioya etilganligi alohida e’tiborga olindi.
Mas’ullar tomonidan aniqlangan ayrim kamchiliklar yuzasidan ularni tezkor bartaraf etish, ob’ektni to‘liq va sifatli foydalanishga topshirish ishlarini yakunlash hamda sport maydonchasini belgilangan me’yor va standartlar asosida samarali foydalanishga yo‘naltirish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi. Mazkur yo‘nalishdagi ishlar hokimlik tomonidan doimiy nazoratga olinishi belgilandi.
Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati
Telegram
Youtube
E-kengash