Yangiliklar

Poliklinikadagi xizmat ko‘rsatish jarayoni o‘rganildi

Oilaviy poliklinikadagi tibbiy xizmat sifati va fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlarni o‘rganish ishlari davom etmoqda.

📍 Navbatdagi o‘rganish davomida Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga Oʻzbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasidan saylangan deputat Daubaeva Bazargul Maxammatdinovna hamda Kengash kotibiyati mudiri Matniyazov Akbar Qadirovich poliklinika faoliyatining bir qator muhim yo‘nalishlari bilan tanishdi.

🔍 Xususan:
🔹 shifokor qabuliga yozilish tartibi;
🔹 navbat asosida qabulga kirish jarayoni;
🔹 bemorlar uchun kutish sharoitlari;
🔹 tibbiy xizmat ko‘rsatishning tashkil etilganlik darajasi;
🔹 tibbiyot xodimlari uchun yaratilgan sharoitlar;
🔹 antiseptik vositalar va sanitariya-gigiena jihozlari bilan ta’minlanganlik holati o‘rganildi.

O‘rganish yakunida mavjud holat yuzasidan fikr almashilib, aholiga qulay va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishni yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Slide 1 of 5