Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga Oʻzbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasidan saylangan deputat Daubaeva Bazargul Maxammatdinovna hamda Kengash kotibiyati mudiri Matniyazov Akbar Qadirovich Taxiatosh tumani Tibbiyot birlashmasiga qarashli oilaviy poliklinikada bo‘ldi.
📍 Tashrif davomida poliklinika rahbariyati bilan aholini o‘z vaqtida va sifatli tibbiy xizmat bilan ta’minlash masalalari yuzasidan muloqot o‘tkazildi.
🔍 Suhbat jarayonida:
🔹 tibbiy xizmatlar sifati;
🔹 fuqarolar uchun yaratilgan shart-sharoitlar;
🔹 murojaatlar bilan ishlash holati;
🔹 tibbiy xizmat ko‘rsatishni yanada takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.
🤝 Tomonlar fikr almashib, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar samaradorligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirdi.