#tavsiyalar_asosida
Shundan so‘ng Adolat mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Suhbat davomida mahalla hayoti, aholini qiynayotgan masalalar, mavjud muammolar va ularning yechimi yuzasidan fikr almashildi.
Fuqarolar tomonidan hududda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, yaratilayotgan sharoitlar hamda ijtimoiy sohadagi o‘zgarishlar yuzasidan taklif va mulohazalar bildirildi. Murojaatlar diqqat bilan tinglanib, ko‘tarilgan masalalarni hal etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi.
Muloqot samimiy ruhda o‘tib, aholi bilan bevosita muloqot qilish, ularning fikr va tashabbuslarini o‘rganish hududlarni rivojlantirish hamda mavjud muammolarga o‘z vaqtida yechim topishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.
Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati
Telegram
Youtube
E-kengash