❇️ Mahalla hududida joylashgan savdo do‘konlari va oshxonalar oldida joylashgan chiqindilar yig‘ilgan notog‘ri joylar aniqlanib, u yerda tozalash ishlari olib borildi. Ishchi guruh tomonidan chiqindilarni tartibli saqlash, ularni belgilangan joylarga tashlash tartibi, atrof-muhitni ifloslantirmaslik va uni muhofaza qilish bo‘yicha mahalla aholisi bilan tushuntirish ishlari tashkil etildi.
❇️ Shuningdek, tadbir doirasida jamoatchilik vakillariga chiqindilarni kamaytirish, qayta ishlash hamda ekologik madaniyatni yuksaltirish yuzasidan ma’ruzalar qilindi, aholi orasida atrof-muhitni asrashga doir savollar bo‘yicha ochiq muloqotlar o‘tkazildi.