Kogon shahar Abdulla Qodiriy mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 1871-yilda tashkil etilgan "Birodarlik" qabristonida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.
Jumladan, kirish yo‘laklari betonlashtirilmoqda, qabrlar, atroflari begona o‘t-o‘lanlardan tozalanib, qabr panjaralari bo‘yalmoqda.
Kogon shahar Kengashi raisi Mirshakar To‘raboyev Abdulla Qodiriy mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan "Behishtiyon" qabristonida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlarini ko‘zdan kechirib mutasaddilarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berdi.