Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Kelajagimiz egalarining huquqlari — qonun himoyasida!
янв.21
🏛 Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatining navbatdagi o‘rganishi.
янв.21
🏛 Хизmat сифати — эътибор марказида: Депутат ФҲДЁ бўлимида бўлди
янв.21
💧 Suv xo‘jaligi ob’yektlarida ochiqlik va samaradorlik o‘rganilmoqda.
янв.21
📢 Yoshlar — yurtimiz kelajagi va tayanchi!
янв.21
KITOB TUMANI DEPUTATLIK NAZORATI: 2026-YIL 1-CHORAK SARHISOBI
янв.21
Aholi salomatligi va tibbiy xizmat sifati e’tiborda O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida” gi Qonuni ijrosini ta’minlash, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini o‘rganish maqsadida kotibiyat mudiri, XDP tuman Kengashi raisi Z.Norova 2-sonli oilaviy poliklinikada bo‘ldi
янв.21
Tuman Kengashi deputati Norova Zilola Eshovna tashabbusi bilan tumandagi Inson ijtimoiy xizmatlari markazida «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ijrosi yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
янв.21
🐄 Chorvachilikni rivojlantirish – ustuvor vazifa
янв.21
🏢 Kitob tumanida yangi va zamonaviy MTT foydalanishga topshirildi.
#deputatlik_faoliyati

#deputatlik_faoliyati 

Toshkent davlat agrar universitetida viloyat va tuman Kengashi deputatlari, soha mutaxassislari, professor-o‘qituvchilar hamda faol talaba-yoshlar ishtirokida “Ekologik qonunchilik — mening huquq va burchlarim” mavzusida keng qamrovli davra suhbati tashkil etildi.

Muloqot davomida mamlakatimizda ekologik xavfsizlikni ta’minlash, atrof-muhitni muhofaza qilish, fuqarolarning ekologik madaniyatini oshirishga qaratilgan qonunchilikdagi yangiliklar, xotin-qizlarning ushbu jarayondagi o‘rni va mas’uliyati yuzasidan batafsil fikr almashildi.

Shuningdek, deputatlar ekologik muammolarni mahalliy darajada hal etish, yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amaliy takliflarini bildirishdi.

Alohida ta’kidlash joizki, mazkur davra suhbati xotin-qizlar o‘rtasida huquqiy savodxonlikni kuchaytirish, ularni ekologik masalalarga befarq bo‘lmaslikka chorlash hamda deputatlar bilan ochiq muloqot platformasini yaratishida muhim ahamiyat kasb etdi.

Slide 1 of 4