🏛 Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatining navbatdagi o‘rganishi.
O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonuni (https://lex.uz/docs/-4646908) ijrosini ta’minlash hamda sohadagi mavjud holatni tahlil qilish maqsadida, xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Egamberdiyev Baxriddin Boltayevich tumandagi maktabgacha ta’lim bo‘limi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
✅ Qonun ustuvorligi: Sohadagi islohotlarning hayotga tatbiq etilishi va qonunchilik talablariga rioya qilinishi;
✅ Sifat va mazmun: Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolajonlarga berilayotgan ta’lim-tarbiya sifati hamda metodik ta’minot;
✅ Shart-sharoitlar: Bog‘chalardagi moddiy-texnik baza, sanitariya-gigiyena talablari va bolalarning sog‘lom ovqatlanishi;
✅ Qamrov darajasi: Tumandagi bolalarni maktabgacha ta’limga qamrab olish borasidagi istiqbolli rejalar.
DEPUTAT_FAOLIYATI (https://t.me/kitob_tuman_Kengashi)