Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🐄 Chorvachilikni rivojlantirish – ustuvor vazifa
янв.21
🏢 Kitob tumanida yangi va zamonaviy MTT foydalanishga topshirildi.
янв.21
📩 Xalq qabulxonasi murojaatlari — doimiy e’tiborda!
янв.21
Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida xotin-qizlarimiz ham faollik ko`rsatmoqda
янв.21
Kitob tumanidagi "Qabri Oxun" ziyoratgohi va unga tutash bo‘lgan hududlar obodonlashtiriladi
янв.20
«ЯШИЛ МАКОН» УМУММИЛЛИЙ ЛОЙИҲАСИНИ ИЗЧИЛ АМАЛГА ОШИРИШ, ЭКОЛОГИК БАРҚАРОРЛИКНИ ТАЪМИНЛАШ ЧОРА-ТАДБИРЛАРИ
янв.20
“YASHIL MAKON” UMUMMILLIY LOYIHASIGA DOIR CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
🐄 Chorvachilikni rivojlantirish – ustuvor vazifa

🐄 Chorvachilikni rivojlantirish – ustuvor vazifa.

Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi deputati G‘.Uzoqov hududdagi tadbirkorlik subyektlari faoliyati va ularni qiynayotgan masalalarni o‘rganish maqsadida Obid Xamrayev rahbarlik qilayotgan “Do‘stboy chorva” fermer xo‘jaligida bo‘ldi.

📈 Bugungi kunda mazkur fermer xo‘jaligida sut yo‘nalishidagi 250 bosh qoramol parvarish qilinmoqda. Xo‘jalik o‘z faoliyatini yanada kengaytirish va tumanimizda sut mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirishni maqsad qilgan.

📍 O‘rganish davomida chorva sonini ko‘paytirish va ozuqa bazasini mustahkamlash uchun qo‘shimcha yer maydoni ajratish masalasi ko‘tarildi.

Deputat G‘.Uzoqov ushbu murojaatni qonuniy doirada ko‘rib chiqish va tadbirkorning loyihasini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tegishli choralarni belgiladi.

Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi (https://t.me/kitob_tuman_Kengashi)

Slide 1 of 3