Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏟 Sport sohasidagi islohotlar va yangi qonun ijrosi o‘rganilmoqda
янв.21
Kelajagimiz egalarining huquqlari — qonun himoyasida!
янв.21
🏛 Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatining navbatdagi o‘rganishi.
янв.21
🏛 Хизmat сифати — эътибор марказида: Депутат ФҲДЁ бўлимида бўлди
янв.21
💧 Suv xo‘jaligi ob’yektlarida ochiqlik va samaradorlik o‘rganilmoqda.
янв.21
📢 Yoshlar — yurtimiz kelajagi va tayanchi!
янв.21
KITOB TUMANI DEPUTATLIK NAZORATI: 2026-YIL 1-CHORAK SARHISOBI
янв.21
Aholi salomatligi va tibbiy xizmat sifati e’tiborda O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida” gi Qonuni ijrosini ta’minlash, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini o‘rganish maqsadida kotibiyat mudiri, XDP tuman Kengashi raisi Z.Norova 2-sonli oilaviy poliklinikada bo‘ldi
янв.21
Tuman Kengashi deputati Norova Zilola Eshovna tashabbusi bilan tumandagi Inson ijtimoiy xizmatlari markazida «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ijrosi yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
янв.21
🐄 Chorvachilikni rivojlantirish – ustuvor vazifa
DOIMIY KOMISSIYALARNING QO‘SHMA YIG‘ILISHI

2024-yil 25-mart kuni soat 15-00da xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining Mahalliy byudjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi, Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha doimiy komissiyasi hamda Sanoat, transport, qurilish, kommunal soha va aholiga xizmat ko‘rsatish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyalarining qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi. 

Kun tartibida quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:

1. Chinoz tumanini ishsizlik va korrupsiyadan xoli hududga aylantirish hamda "Obod xonadon", "Obod ko‘cha" va "Obod mahalla" mezonlarini joriy etishda sektorlar rahbarlari tomonidan "mahallabay" va "xonadonbay" ishlash tizimini tubdan takomilashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida; 

2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 2O-fevraldagi № KQ-687-IV sonli Qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi tomonidan. tuman huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari hisobotlarini eshitishning tartibini tasdiqlash to‘g‘risida;

3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi 6166-Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-sonli qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati 2021-yil 31-iyuldagi “Aholi murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha parlament nazoratini kuchaytirish to‘g‘risida” gi SQ-359-VI-sonli  qarorining tumandagi ijrosi yuzasidan 2024-yilning mart oyida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida;

4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-oktyabrdagi “2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 408-sonli qarori doirasida iqtisod qilingan mablag‘larni mahallalarda birinchi navbatda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan qo‘shimcha loyihalarga yo‘naltirish bo‘yicha Chinoz tumanida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida;

5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2O23-yil 11-sentabrdagi ,,O‘zbekiston - 2030" strategiyasi to‘g‘risida "gi PF-158-sonli Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini bo‘yicha Chinoz tumanida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida;

6. Chinoz tumani 2-sektor rahbarining O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 29-apreldagi 228-son qarori ijrosi bo‘yicha 2024-yil yanvar-mart oylarida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida.

Majlis kun tartibidagi masalalar muhokamasida deputatlar o‘zlarining savol, taklif va fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdilar. Doimiy komissiya a’zolari tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalarni inobatga olib,  Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining  navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi kotibiyati

Slide 1 of 1