O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosarining
topshirig‘iga muvofiq joriy yilning 29-oktyabr - 1-noyabr kunlari Qonunchilik
palatasi deputatlarining o‘z saylov okruglarida uchrashuvlar o‘tkazishi
rejalashtirilgan edi.
Shunday uchrashuv
bugun tuman hokimligi majlislar zalida o‘tkazildi.
Unda O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati B.Aldamuratov, tuman
Kengashi deputatlari, tumandagi muassasa va korxonalar vakillari ishtirok etdi.
Uchrashuvda asosan
joylardagi maishiy korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarning
borishi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan tushuntirishlar berildi.