Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Kattaqo‘rg‘on tuman Kengashining VII chaqiriq beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda
янв.21
Jonim fido bo‘lsin senga, elim!
янв.21
Senator va deputat mahalla raislari bilan uchrashuv oʻtkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on tumani Kengashi 8-Kadan saylov okrugi deputati N.Shadiyevaning yoshlar bilan uchrashuvi o‘tkazildi.
янв.21
Deputatning "Mahalla yettiligi" bilan hamkorlgi
янв.21
Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on tumani Kengashi deputati Maxmudova Soxiba Nuriddinovna tumandagi Nomozpolvon mahallasida sayyor qabul o'tkazdi.
янв.21
Давлат дастури ижросини таъминланиши тўғрисида
янв.21
2024-yil 20-iyun kuni Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on tuman Kengashining 102-sesssiya o‘tkazildi.
янв.21
Kattaqo'rg'on tumanida “Mahalla yettiligi” bilan oʻzaro hamkorligini yoʻlga qoʻyish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
янв.21
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Gʻ.Abdiyev ishtirokida tumandagi “Mahalla yettiligi” bilan davra suhbati tashkil etildi
Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlari chempionlari kutib olindi

🏆 Termiz shahridagi Yakka kurash turlari maktabida Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlari chempioni va sovrindori Bahodir Jalolov hamda Muzaffarbek To‘raboyevlarni tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. (https://t.me/axborot_xizmati/38249)

Davlat va jamoat tashkilotlari mutasaddilari, yoshlar, sportchilar, vohalik sport muxlislari ishtirok etgan tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov chempionlikni qo‘lga kiritgan bokschimiz Bahodir Jalolov va bronza medali sohibi, kurashchimiz Muzaffarbek To‘raboyevga zarbop to‘n kiydirib, voha ahli nomidan sportchilarimizni erishgan g‘alabalari bilan tabrikladi.

Sportchilarimiz, ularning ota-onalari va yaqinlari so‘zga chiqib, Prezidentimizning sportga qaratayotgan e’tibori, Vatanimiz shuhratini nufuzli musobaqalarda keng tarannum etish uchun sportchilarga yaratayotgan sharoitlar uchun o‘z minnatdorchiliklarini bildirdi.

Tantanali tadbir ishtirokchilari vohaning mard o‘g‘lonlari bilan esdalik uchun suratlarga tushdi va gullar tuhfa qilishdi.

Slide 1 of 7