Bugun Xalq deputatlari Oqdaryo tuman Kengashining navbatdagi bir yuzi to‘qqizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiya ishini Xalq deputatlari Oqdaryo tuman Kengashi raisi tuman hokimi Sherzod Qudratov boshqarib bordi.
Sessiya ishida kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan mas’ullarning hisobotlari eshitildi va deputatlar tomonidan atroflicha muhokama etilib, tegishli qaror loyihalari qabul qilindi.