Joriy yilning 17-iyul kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida hududlar va tarmoqlarda iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlash bo‘yicha birinchi yarim yillik tahlili hamda yil yakuniga qadar ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar va topshiriqlar ijrosi yuzasidan Konimex tuman hokimligida tuman Kengashi raisi Ruslan Ro'ziyev rahbarligida viloyat boshqarmalar mas'ul xodimlari, tegishli rahbarlar ishtirokida o'tkazilgan uchrashuv davomida tumandagi barcha tarmoqlarda iqtisodiy o‘sish sur’atlari va uni yanada oshirish, shuningdek, sohalardagi barqaror rivojlanishni ta'minlash ko'rsatib o'tildi.