Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on tumani Kengashi kotibiyati mudiri M.Teshayev hamda mas’ul tashkilotlar rahbarlari hamkorligida tumandagi “Nuroniylar maskani” faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
Kattaqo‘rg‘on tumanida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning iste’dod va salohiyatini namoyon etish hamda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish maqsadida “Yoshlar festivali” tadbiri tashkil etildi.
Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on tumani Kengashi deputati E.Suyunov tomonidan Alijon mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati hamda O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 14-sentabrda qabul qilingan “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi O‘RQ-406-sonli Qonuni ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on tumani Kengashi deputati M.Teshayev tomonidan Kengash sessiyasi kun tartibiga kiritilgan “Mahallalarda yoshlar bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida”gi tuman hokimi o‘rinbosari N.Jo‘lmatovning hisoboti yuzasidan Jumaboy mahallasi hududida amalga oshirilgan ishlar samaradorligi joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on tumani Kengashi huzuridagi Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi D.Mirzaxonova, komissiya a’zosi E.Suyunov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi E.Imomovlar tomonidan 23-Kattako‘rpa saylov okrugida joylashgan 9-son oilaviy poliklinikada aholi uchun yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi.
Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on tumani Kengashi huzuridagi Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi D.Mirzaxonova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi E.Imomov tomonidan tumandagi 51-son umumta’lim maktabida 2024-yil 1-fevralda qabul qilingan “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi O‘RQ–901-son Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on tumani Kengashi kotibiyati mudiri M.Teshayev tomonidan Mundiyon mahallasida barpo etilayotgan piyodalar yo‘laklari qurilishi jarayonlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on tumani Kengashi deputati M.Qodirova tomonidan Kattaqo‘rg‘on tumani Polvontepa mahallasida yashovchi, 1979-yilda tug‘ilgan Matnazarova Gulrux Yaxshimurodovnaning sog‘lig‘i bilan bog‘liq murojaati o‘rganilib, unga amaliy tibbiy yordam ko‘rsatish masalasi yuzasidan Kattaqo‘rg‘on tumani Sog‘liqni saqlash bo‘limi boshlig‘i Sh.Tursunov nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi.
Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on tumani Kengashi deputati M.Qodirova tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-martdagi PQ-141-son qarori ijrosi yuzasidan 36-sonli umumta’lim maktabida olib borilayotgan qurilish ishlari o‘rganildi.
Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on tumani Kengashi kotibiyati mudiri M.Teshayev tomonidan tuman markazidan oqib o‘tuvchi Xatirchi kanali bo‘yida barpo etilayotgan saylgohning qurilish ishlari bilan yaqindan tanishildi.