DEPUTATNING SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUVI.
2-Bog‘ishamol saylov okrugidan saylangan Xalq deputatlari Urgut tuman kengashi deputati Abloqulova Go‘zal Haroqulovna tomonidan tumandagi Chorraxa va Nurobod mahallasi aholisi uchun tumandagi 85-maktabda sayyor qabul boʻlib oʻtdi, qabulda Xalq qabulxonasi tuman bo‘limi mudiri A.Xoliqov, mahallla yettiligi vakillari ishtirok etdi. Sayyor qabulda fuqarolar tomonidan o‘zlarini qiynab kelayotgan muamolar bo‘yicha taklif va mulohazalar bildirildi, mas’ul xodimlari hamda tashkilot rahbarlariga murojaatlar bo‘yicha o‘rganib, hal etish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi hamda ijrosi doimiy nazoratga olindi.