Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ "ИНСОН" ХИЗМАТЛАРИ МАРКАЗИДА БЎЛДИ
янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ИИБ ХОДИМЛАРИ БИЛАН УЧРАШДИ
янв.21
АҲОЛИ МУАММОЛАРИНИ ҲАЛ ЭТИШДА МУҲИМ ОМИЛ
янв.21
#Deputat xisoboti.
янв.21
#ДЕПУТАТ МАҲАЛЛАДА
янв.21
munosabat
янв.21
SHAHAR KENGASHINING SESSIYASI O‘TKAZILDI
янв.21
Shahar ozodaligi va obodligi yo‘lida
янв.21
Kengash deputatlari va boshqa masʼullar hamrohligida
янв.21
Халқ депутатлари Каттақўрғон шаҳар кенгаши ҳузуридаги доимий комиссияларнинг муҳокама йиғилиши бўлиб ўтмоқда.
“Xomkon” mahallasidagi 15-sonli MTTda sharoitlar o‘rganildi

“Xomkon” mahallasidagi 15-sonli MTTda sharoitlar o‘rganildi

⏺Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi deputati U.Yangiboyev tumandagi “Xomkon” mahallasi hududida joylashgan 15-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib, muassasada yaratilgan mavjud sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

💬Tashrif davomida tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan muhit, o‘quv xonalari, ovqatlanish sharoitlari, xavfsizlik va sanitariya-gigiyena talablari holati ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, bog‘cha xodimlari bilan suhbat o‘tkazilib, muassasa faoliyatida uchrayotgan muammolar, ehtiyojlar hamda takliflar tinglandi.

🖌O‘rganish jarayonida aniqlangan ayrim masalalar bo‘yicha joyida tushuntirishlar berildi, muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda choralar ko‘rish belgilandi.

🗣Mazkur tashrif maktabgacha ta’lim muassasalarida sharoitlarni yanada yaxshilash, bolalar uchun qulay va xavfsiz muhit yaratish hamda muassasalar faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga xizmat qiladi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3) | Facebook (https://www.facebook.com/?ref=homescreenpwa) | E-kengash (https://kengash.gov.uz/qiziriq) |Instagram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3)

Slide 1 of 6