Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ "ИНСОН" ХИЗМАТЛАРИ МАРКАЗИДА БЎЛДИ
янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ИИБ ХОДИМЛАРИ БИЛАН УЧРАШДИ
янв.21
АҲОЛИ МУАММОЛАРИНИ ҲАЛ ЭТИШДА МУҲИМ ОМИЛ
янв.21
#Deputat xisoboti.
янв.21
#ДЕПУТАТ МАҲАЛЛАДА
янв.21
munosabat
янв.21
SHAHAR KENGASHINING SESSIYASI O‘TKAZILDI
янв.21
Shahar ozodaligi va obodligi yo‘lida
янв.21
Kengash deputatlari va boshqa masʼullar hamrohligida
янв.21
Халқ депутатлари Каттақўрғон шаҳар кенгаши ҳузуридаги доимий комиссияларнинг муҳокама йиғилиши бўлиб ўтмоқда.
“Yangikent” mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi

“Yangikent” mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi raisi J.Xudoyqulova hamda tuman Kengashi deputatlari A.Ergashev va Q.Igamberdiyeva navbatdagi o‘rganish doirasida tumandagi “Yangikent” mahallasida bo‘lib, mahalla yettiligi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Bu galgi tashrif odatiy tanishuv bilan cheklanib qolmadi. Mahalla raisi, profilaktika inspektori, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi hamda ijtimoiy xodim tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yo‘nalishma-yo‘nalish tahlil qilindi. Aholi bilan ishlash mexanizmlari, murojaatlarni qabul qilish tartibi, muammolarni manzilli hal etish bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar atroflicha ko‘zdan kechirildi.

 O‘rganish jarayonida mahalla yettiligi tomonidan yuritilayotgan hujjatlar, reja-jadvallar va ijro intizomi ham tahlil qilinib, faoliyat samaradorligini oshirish yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi. Ayrim masalalar bo‘yicha joyida tushuntirishlar berilib, kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan aniq vazifalar belgilandi.

 Tashrif davomida ochiq muloqot o‘tkazilib, mahalla yettiligi a’zolarining ish jarayonida uchrayotgan muammolari tinglandi. Ularning faoliyatini muvofiqlashtirish, hamkorlikni kuchaytirish hamda aholi murojaatlariga tezkor va natijador yechim berish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

 O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar nazoratga olinib, mahalla yettiligi faoliyatini yanada takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilandi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3) | Facebook (https://www.facebook.com/?ref=homescreenpwa) | E-kengash (https://kengash.gov.uz/qiziriq) |Instagram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3)

Slide 1 of 2