Shahar hokimi Gavhar Alimova viloyat hamda shahar kengashi deputatlari va boshqa masʼullar hamrohligida Amir Temur mahallasidagi 30 - 34 ko‘p qavatli uylardagi aholi bilan suhbatlashmoqda.
Suhbat davomida ayni kunlarda shahrimizda davom etayotgan tozalik va ozodalik oyligi doirasidagi ishlar, mahallada, ko‘p qavatli uylar atroflarida obodonchilik ishlarini amalga oshirish, aholini xatlovdan o‘tkazish, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik borasidagi ishlar haqida so‘z yuritilib, aholining bu boradagi fikr va mulohazalari eshitilmoqda.