Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
munosabat
янв.21
SHAHAR KENGASHINING SESSIYASI O‘TKAZILDI
янв.21
Shahar ozodaligi va obodligi yo‘lida
янв.21
Kengash deputatlari va boshqa masʼullar hamrohligida
янв.21
Халқ депутатлари Каттақўрғон шаҳар кенгаши ҳузуридаги доимий комиссияларнинг муҳокама йиғилиши бўлиб ўтмоқда.
янв.21
ТИББИЁТДА КОРРУПЦИЯГА ЎРИН ЙЎҚ
янв.21
ШАҲАР КЕНГАШИНИНГ СЕССИЯСИ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
#Доимий комиссиялар йиғилиши ўтказилди
янв.21
DEPUTATLAR MUAMMOLI KREDITLARNI O‘RGANDI
янв.21
2025 yil 10-11 iyun kunlari bo‘lib o‘tgan IV-Toshkent xalqaro investitsiya forumi hamda xorijiy investorlar kengashi majlisidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning nutqlarida ilgari surilgan eng muhim tashabbus va iqtisodiy ko‘rsatkichlar mazmun-mohiyati bo‘yicha
Deputat munosabati

#deputat

#munosabat

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Xorijiy investorlar kengashining navbatdagi majlisi doirasida Birlashgan Arab Amirliklari energetika va infratuzilma vaziri Suhayl al-Mazruiy boshchiligidagi delegasiya bilan uchrashuv oʻtkazdi. Uchrashuvda “Amea Power”, “Etihad Water & Electricity”, “TAQA Water Solutions”, “AD Ports” va “Masdar” kompaniyalari rahbarlari ham ishtirok etdi.

Suhbat avvalida vazir davlatimiz rahbariga BAA Prezidenti Shayx Muhammad Ol Nahayon, Bosh vaziri, Dubay amiri Shayx Muhammad Ol Maktum, Vise-prezidenti Shayx Mansur Ol Nahayon va Abu-Dabi Amirligi valiahdi Shayx Holid Ol Nahayonning salomi va eng ezgu tilaklarini etkazdi. Oʻzbekiston Prezidentining joriy yil yanvar oyidagi BAAga tashrifi yakunida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari koʻrib chiqildi.

Oʻzbekiston-BAA strategik sheriklik munosabatlari jadal rivojlanib borayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi. Tovar ayirboshlash va investisiyalar hajmi, qoʻshma korxonalar va toʻgʻridan-toʻgʻri aviaqatnovlar soni oshmoqda. Amirliklarning etakchi kompaniyalari ishtirokidagi loyihalar portfeli 20 milliard dollardan ortdi. Toʻrtinchi Toshkent investisiya forumi doirasida BAA kompaniyalari bilan qator yangi kelishuvlar imzolandi.

Energetika, transport, logistika, qishloq xoʻjaligi, sogʻliqni saqlash, ta'lim, shaharsozlik, suv ta'minoti va boshqa yoʻnalishlardagi yirik loyihalarni jadallashtirishga kelishib olindi.

 

✍️ Ubaydullayeva Nasiba,

Xalq deputatlari Piskent tuman Kengashi deputati,