Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Murojaatnoma — har bir soha vakillari uchun dasturilamal
янв.21
Ekologik partiya: mahallalarda targ‘ibot ishlari yangi bosqichda
янв.21
Prezident Murojaatnomasi mazmuni keng jamoatchilikka yetkazildi
янв.21
TA’LIM MUASSASALARIDA TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
янв.21
“Deputat O. Yoldoshev tomonidan korrupsiyaning oldini olish va marosimlarni ixchamlashtirish bo‘yicha targ‘ibot uchrashuvi”
янв.21
Кармана туманида тиббиёт бирлашмаси фаолияти ўрганилди
янв.21
Ko'zi ojizlar va yordamga muhtojlar uchun iliq bayram lahzalari
янв.21
Kuz-qish mavsumi-deputat e'tiborida
янв.21
Депутатлар томонидан Кармана тумани тиббиёт бирлашмасининг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
Партия ходимлари қишлоқ аёллари ҳолидан хабар олди
DEPUTATNING SAYLOVChILAR BILAN UChRAShUVI

 Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi deputati A.Oripov va Xalq deputatlari, Oltinsoy tuman Kengashi Shakarqamish 17-saylov okrugidan saylangan deputat Tavasharov Xamro Ziyayevichlar ishtirokida Oltinsoy tumanidagi “Yakkatut” mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.  

Uchrashuv davomida mahalla fuqarolari tomonidan ko‘tarilgan muammolar ichki ko‘chalarni asfaltlash, tomorqalarni sug‘orish uchun ariqlarni tozalash, beton ustun va yopiq kabellar o‘rnatish kabi masalalar muhokama qilindi.  

Deputat tomonidan uchrashuvdagi mahalla fuqarolari tomonidan ko‘tarilgan muammolarni bartaraf etish choralari ko‘rildi hamda tegishli korxona va tashkilotlarga so‘rovnomalar yuborishga kelishib olindi. 

  Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati 

Kanalga ulanish uchun: https://t.me/OltinsoyKengashkotibiyati  

Slide 1 of 12