Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SAYYOR QABUL: AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
PENSIYA TA’MINOTI SOHASIDA QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Fuqarolarga bepul huquqiy yordam ko‘rsatish masalalari o‘rganildi
янв.21
Maktab kutubxonasi diqqat markazida: Deputat Zamira Xodjayeva o‘quvchilarning bilim maskani faoliyati bilan tanishdi
янв.21
INDIVIDUAL REJA VA AMALIY YORDAM
янв.21
IJTIMOIY HIMOYA – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining yigirma sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
"TALQOQ" MAHALLASIDAGI MUAMMOLAR VA QURILISH JARAYONI O‘RGANILDI
янв.21
Hududlardagi muammolar deputat va mas’ullar e’tiborida
ICHKI YO‘LLARNI ASFALTLASH ISHLARI NAZORATDA

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashining 23-Tallashqon saylov okrugi deputati Xolmurodov Xayrulla tomonidan Tallashqon MFY, Yangiqishloq ko‘chasida olib borilayotgan asfaltlash ishlari o‘rganildi.

Mazkur hududda umumiy uzunligi 1,5 kilometr bo‘lgan ichki yo‘lni asfaltlash rejalashtirilgan bo‘lib, bugungi kunda ishlar belgilangan tartib asosida sifatli amalga oshirilmoqda.

Ushbu tashabbus, eng avvalo, aholi uchun qulaylik yaratish, transport qatnovini yaxshilash hamda hudud infratuzilmasini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

Loyiha Obodonlashtirish boshqarmasi tasarrufidagi ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash bo‘yicha 2026-yilga mo‘ljallangan dastlabki manzilli ro‘yxat asosida amalga oshirilmoqda.

Nazorat jarayonida yo‘lning asfalt qoplamasi sifati, qalinligi hamda belgilangan texnik talablarga muvofiqligi atroflicha tahlil qilindi. Shuningdek, mahalla aholisi bilan muloqot o‘tkazilib, ular tomonidan bildirilgan ijobiy fikr va takliflar tinglandi.

Mazkur ishlar hudud infratuzilmasini yaxshilash, aholi uchun qulay sharoitlar yaratish hamda transport harakati xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2