Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SAYYOR QABUL: AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
PENSIYA TA’MINOTI SOHASIDA QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Fuqarolarga bepul huquqiy yordam ko‘rsatish masalalari o‘rganildi
янв.21
Maktab kutubxonasi diqqat markazida: Deputat Zamira Xodjayeva o‘quvchilarning bilim maskani faoliyati bilan tanishdi
янв.21
INDIVIDUAL REJA VA AMALIY YORDAM
янв.21
IJTIMOIY HIMOYA – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining yigirma sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
"TALQOQ" MAHALLASIDAGI MUAMMOLAR VA QURILISH JARAYONI O‘RGANILDI
янв.21
Hududlardagi muammolar deputat va mas’ullar e’tiborida
DIYOROBOD MAHALLASIDA BSK FAOLIYATI VA AHOLI MUAMMOLARI MUHOKAMA QILINDI

#Deputatlik_nazorati #Kotibiyat_hududlarda #24_ta_tavsiyaviy_savol #haftalik_ish_reja_ijrosi

DIYOROBOD MAHALLASIDA BSK FAOLIYATI VA AHOLI MUAMMOLARI MUHOKAMA QILINDI

📊 Diyorobod mahallasida ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatuvchi “Draym Xaus Plyus” BSK faoliyati hamda aholi tomonidan ko‘tarilayotgan muammolar yuzasidan joyiga chiqqan holda tahlil o‘tkazildi.

🇺🇿 Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Durbek Axmedov hamda Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati mudiri Anvar Usmanov ishtirok etdi.

💬 Muloqot davomida fuqarolar tomonidan BSK faoliyatiga oid ko‘plab muammoli masalalar ko‘tarilayotgani ma’lum bo‘ldi. Xususan, ko‘p qavatli uylarning kirish yo‘laklari va yerto‘lalari, uylar atrofidagi hududlarni saqlash, obodonlashtirish va boshqa xizmatlar yuzasidan aholining e’tirozlari tinglandi.

⚠️ Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati tomonidan BSK mas’ullariga 10 kun muddatda mahalla Kengashi oldida amalga oshirilayotgan ishlar, tasdiqlangan dasturlar ijrosi hamda kreditorlik va debitorlik qarzdorliklari bo‘yicha to‘liq va umumlashtirilgan hisobot taqdim etish vazifasi belgilandi.

🫥 Shuningdek, mahalla hududidagi futbol maydonining holati ham ko‘rib chiqilib, uni ta’mirlash va zamonaviy holatga keltirish uchun xususiy sheriklik asosida tadbirkorlarni jalb etish zarurligi ta’kidlandi. Bu orqali yoshlar uchun qulay sport sharoitlarini yaratish va hududdagi mavjud infratuzilmani yaxshilash ko‘zda tutilmoqda.

✅ Aniqlangan muammolarni bartaraf etish, BSK faoliyatini aholining talab va ehtiyojlaridan kelib chiqib takomillashtirish hamda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash masalalari nazoratga olindi.

Slide 1 of 6