Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SAYYOR QABUL: AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
PENSIYA TA’MINOTI SOHASIDA QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Fuqarolarga bepul huquqiy yordam ko‘rsatish masalalari o‘rganildi
янв.21
Maktab kutubxonasi diqqat markazida: Deputat Zamira Xodjayeva o‘quvchilarning bilim maskani faoliyati bilan tanishdi
янв.21
INDIVIDUAL REJA VA AMALIY YORDAM
янв.21
IJTIMOIY HIMOYA – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining yigirma sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
"TALQOQ" MAHALLASIDAGI MUAMMOLAR VA QURILISH JARAYONI O‘RGANILDI
янв.21
Hududlardagi muammolar deputat va mas’ullar e’tiborida
DEPUTAT NAZORATI OSTIDA ELEKTR TA'MINOTI HOLATI O‘RGANILDI VA MUAMMOLARNI BARTARAF ETISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR TASHKIL ETILDI

 📌 Joyiga chiqqan holda olib borilgan o‘rganishlar natijasida mahallalar hududida joylashgan transformator punktining texnik holati mavjud yuklama va foydalanish talablari darajasiga
to‘liq javob bermasligi aniqlandi. Mazkur transformator orqali elektr energiyasi bilan ta'minlanayotgan xonadonlarda elektr uzilishlari kuzatilayotgani, bu esa aholi uchun qator noqulayliklarni keltirib chiqarib, fuqarolarning haqli e'tiroz va murojaatlariga sabab bo‘layotgani qayd etildi.
 

🔹 Aniqlangan kamchiliklarni tezkor bartaraf etish hamda elektr ta'minoti tizimining ishonchliligi va barqarorligini oshirish maqsadida deputat tashabbusi bilan tuman elektr tarmoqlari mutaxassislari tomonidan zarur texnik va tashkiliy choralar ko‘rildi. 

✅ Transformatorga qo‘shimcha avtomatik uzatma qurilmasi o‘rnatilib, yangi elektr kabeli tortildi. Mazkur amaliy ishlar elektr tarmog‘idagi yuklamani me'yorlashtirish, avariyaviy holatlar va elektr uzilishlari ehtimolini kamaytirish, eng muhimi esa hudud aholisini sifatli, barqaror va uzluksiz elektr energiyasi bilan ta'minlashga xizmat qiladi.  

 👇Bizni kuzatishda davom eting👇 

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi  

Slide 1 of 1