❗️Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputati Dilorom Safarova Uzunj tumani “Navro‘z” mahallasidagi fuqarolar muammolarini o'rgandi.
Deputat bilan yuzma-yuz suhbatda fuqarolar tomonidan murojaatlar gaz taʼminotining yetarli darajada bosimi yo'qligi, suv-oqova hamda yo'llarining nosozligi masalalari yuzasidan bo'ldi. Bu bo'yicha deputat muammoni o'z vaqtida bartaraf etish maqsadida tuman tashkiloti rahbariyatiga bog'landi va soha vakillari shu kunning o'zidayoq mahalladagi mazkur muammoni tegishlicha o'rganishga kirishishdi.
"Aholi murojaatlarini tinglash, muammolarini o‘rganish va hal etish bugungi kun deputatining asosiy vazifalaridan biri bo‘lishi kerak. Shundagina biz deputatlar saylovoldi va’dalarimizni bajargan va saylovchilarimiz ishonchini oqlagan bo‘lamiz-deydi deputat.