Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi loyihasi bo‘yicha targ‘ibot-tushuntirish tadbiri bo‘lib o‘tdi
янв.21
Murojaatnoma — har bir soha vakillari uchun dasturilamal
янв.21
Ekologik partiya: mahallalarda targ‘ibot ishlari yangi bosqichda
янв.21
Prezident Murojaatnomasi mazmuni keng jamoatchilikka yetkazildi
янв.21
TA’LIM MUASSASALARIDA TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
янв.21
“Deputat O. Yoldoshev tomonidan korrupsiyaning oldini olish va marosimlarni ixchamlashtirish bo‘yicha targ‘ibot uchrashuvi”
янв.21
Кармана туманида тиббиёт бирлашмаси фаолияти ўрганилди
янв.21
Ko'zi ojizlar va yordamga muhtojlar uchun iliq bayram lahzalari
янв.21
Kuz-qish mavsumi-deputat e'tiborida
янв.21
Депутатлар томонидан Кармана тумани тиббиёт бирлашмасининг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
Konstitutsiya – faxrimiz, g‘ururimiz

 Konstitutsiya – faxrimiz, g‘ururimiz  

 Konstitutsiya Mamlakatimiz mustaqilligining huquqiy poydevori, inson huquq va erkinliklarining kafolati, birdamlik zanjiri, tenglik mezonidir. Ma’lumki, har bir davlatning shakllanishida Konstitutsiyaning o‘rni beqiyosdir. Bizning Konstitutsiyamiz 1992 yil 8dekabrda qabul qilingan kun bo‘lib, har yili mazkur sana Bulung’ur tuman 21-umumiy o’rta ta’lim maktabida o’quvchilar o’rtasida bayram sifatida keng nishonlanadi. Bosh Qomusimiz millatimiz ruhiga, hayot tarzi va urf-odatlariga mos keladigan imon-e’tiqod, insof, diyonat, mehr-oqibat, or-nomus, iffat va hayo kabi eng ezgu fazilatlarni o‘z ichiga olgan desak aslo mubolag‘a bo‘lmaydi. Konstitutsiya davlatni davlat, millatni millat sifatida dunyoga tanitadigan huquqiy hujjatdir 

Konstitutsiya– davlatimizning bosh qonuni, huquq va erkinliklarimiz kafolati, dunyoda tenglar ichida teng, davlatchilik tarixiga ega xalq, suveren davlat ekanimizning shahodati hamdir. Konstitutsiyamiz mustaqilligimizni mustahkamlash, xalqimizning tinch-osuda, farovon hayotini
ta’minlashning muhim asosidir. Uning hayotimizdagi o‘rni va ahamiyatini keng targ‘ib etish, aholi, ayniqsa, yoshlar ongu shuurida Vatanga sadoqat,
qonunlarimizga hurmat tuyg‘usini mustahkamlash maqsadida o‘tkazilayotgan uchrashuv, davra suhbati, ochiq muloqot va boshqa madaniy-ma’rifiy tadbirlar yuksak samaralar bermoqda. “Inson huquqlari – eng oliy qadriyat”, “Inson, uning qadr-qimmati, haq-huquqi oliy qadriyat”, “Konstitutsiya – baxtimiz poydevori”, “Adolat – qonun ustuvorligida”, “Konstitutsiya va ma’naviyat mushtarakligi”, “Konstitutsiya – faxrimiz, g‘ururimiz” kabi mavzularda o’quvchi yoshlar o`rtasida haftalik dasturlar tashkil qilinmoqda. 

 Baxtimiz qomusi boʻlgan Konstitutsiyamiz millatidan qatʼiy nazar barcha oʻzbek xalqi, fuqarosining butun bir imkoniyati va majburiyatlarini oʻzida aks ettirgan boʻlib, hali uzoq yillar davomida yangi Oʻzbekistonning baxtli va kelajagi buyuk avlodlari uchun ham munosib xizmat qiladi . 

 Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashi deputati-Go‘bayeva Umida Usmonqulovna

 

Slide 1 of 1