Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi loyihasi bo‘yicha targ‘ibot-tushuntirish tadbiri bo‘lib o‘tdi
янв.21
Murojaatnoma — har bir soha vakillari uchun dasturilamal
янв.21
Ekologik partiya: mahallalarda targ‘ibot ishlari yangi bosqichda
янв.21
Prezident Murojaatnomasi mazmuni keng jamoatchilikka yetkazildi
янв.21
TA’LIM MUASSASALARIDA TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
янв.21
“Deputat O. Yoldoshev tomonidan korrupsiyaning oldini olish va marosimlarni ixchamlashtirish bo‘yicha targ‘ibot uchrashuvi”
янв.21
Кармана туманида тиббиёт бирлашмаси фаолияти ўрганилди
янв.21
Ko'zi ojizlar va yordamga muhtojlar uchun iliq bayram lahzalari
янв.21
Kuz-qish mavsumi-deputat e'tiborida
янв.21
Депутатлар томонидан Кармана тумани тиббиёт бирлашмасининг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

 Xalq deputatlari Bekobod shahar kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar
bo‘yicha doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Bekobod shahar kengashining navbatdagi yigirma uchunchi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masalalar ko‘rib chiqildi. Doimiy komissiya yig‘ilishiga komissiya raisi G.Sharipova raislik qildi. Shuningdek, shahar kengashi raisi J.Dushabayev, kotibiyat mudiri X.Ibragimova hamda kun tartibiga aloqador bo‘lganlar taklif etildi. Doimiy komissiya yig‘ilishida Bekobod shahar prokurorining shaharda 2025-yil davomida qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofoza qilish, jinoyatchilik, huquqbuzarliklarning oldini olish borasida hamda kriminogen vaziyatni yaxshilash, jinoyatlarni barvaqt oldini olish, omillarni bartaraf etish yuzasidan olib borilgan ishlari to‘g‘risidagi axboroti, shahar Adliya bo‘limi tomonidan 2025-yil davomida amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risidagi axboroti, shahar Ichki ishlar bo‘limining 2025-yil davomida jinoyatchilikni barvaqt
oldini olish va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish, jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash borasida olib borilgan ishlari to‘g‘risidagi hisoboti atroflicha ko‘rib
chiqilib, muhokma etildi. Shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashda 2025-yil yakunida aniqlangan qonunbuzilish va
kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan Bekobod shahar Xalq qabulxonasining axboroti hamda kengashning doimiy komissiya a’zolarini yangi tarkibini tasdiqlash va kotibiyat xodimlarini amaldagi ta’rif razryadlarini tasdiqlash to‘g‘risidagi masalalar ham ko‘rib chiqildi. Kun tartibidagi har bir masala yuzasidan bildirilgan taklif va tavsiyalarni inobatga olib, doimiy komissiyanng tegishli qarorlari qabul qilindi va navbatdagi sessiya kun tartibiga masalalar kiritildi.
  

Slide 1 of 6