Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Murojaatnoma — har bir soha vakillari uchun dasturilamal
янв.21
Ekologik partiya: mahallalarda targ‘ibot ishlari yangi bosqichda
янв.21
Prezident Murojaatnomasi mazmuni keng jamoatchilikka yetkazildi
янв.21
TA’LIM MUASSASALARIDA TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
янв.21
“Deputat O. Yoldoshev tomonidan korrupsiyaning oldini olish va marosimlarni ixchamlashtirish bo‘yicha targ‘ibot uchrashuvi”
янв.21
Кармана туманида тиббиёт бирлашмаси фаолияти ўрганилди
янв.21
Ko'zi ojizlar va yordamga muhtojlar uchun iliq bayram lahzalari
янв.21
Kuz-qish mavsumi-deputat e'tiborida
янв.21
Депутатлар томонидан Кармана тумани тиббиёт бирлашмасининг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
Партия ходимлари қишлоқ аёллари ҳолидан хабар олди
#MUNOSABAT

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, muhtaram Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonidan Oliy Majlis va
O‘zbekiston xalqiga yo‘llangan navbatdagi Murojaatnoma mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning mantiqiy davomi bo‘lib, davlat va jamiyat hayotida qonun ustuvorligini ta’minlash, davlat xizmatchilarining mas’uliyatini oshirish hamda xalq vakillarining faoliyatini yanada takomillashtirishga qaratilgan muhim vazifalarni belgilab berdi.
 

Murojaatnomada deputatlarning jamiyat oldidagi mas’uliyati, xalq bilan doimiy muloqotda bo‘lishi, odob-axloq qoidalariga qat’iy rioya etishi hamda qonunchilikka amal qilish masalalariga alohida e’tibor qaratilgani Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha komissiya faoliyati uchun muhim ahamiyat kasb etadi. 

Ayniqsa, mahalliy Kengashlar faoliyatida ochiqlik, adolatlilik va shaffoflikni ta’minlash, deputatlarning etik me’yorlarga amal qilishi, xizmat vakolatlaridan oqilona foydalanishi masalalari joylarda davlat hokimiyati vakillik organlariga bo‘lgan ishonchni mustahkamlashga xizmat qiladi. 

Biz, Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha komissiya a’zolari, Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan vazifalardan kelib chiqqan holda, deputatlik faoliyatida qonunchilik talablari va odob-axloq me’yorlariga qat’iy rioya etilishini ta’minlash, Kengash ish faoliyatini yanada samarali va tartibli tashkil etish yo‘lida izchil ish olib boramiz. 

Ishonch bilan aytish mumkinki, ushbu Murojaatnomada belgilangan ustuvor vazifalarni hayotga tatbiq etish Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida muhim qadam bo‘ladi. 

Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashining Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha
komissiya raisi
Mamatmuratov A’zamat Karamatovich  

Slide 1 of 1