Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi loyihasi bo‘yicha targ‘ibot-tushuntirish tadbiri bo‘lib o‘tdi
янв.21
Murojaatnoma — har bir soha vakillari uchun dasturilamal
янв.21
Ekologik partiya: mahallalarda targ‘ibot ishlari yangi bosqichda
янв.21
Prezident Murojaatnomasi mazmuni keng jamoatchilikka yetkazildi
янв.21
TA’LIM MUASSASALARIDA TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
янв.21
“Deputat O. Yoldoshev tomonidan korrupsiyaning oldini olish va marosimlarni ixchamlashtirish bo‘yicha targ‘ibot uchrashuvi”
янв.21
Кармана туманида тиббиёт бирлашмаси фаолияти ўрганилди
янв.21
Ko'zi ojizlar va yordamga muhtojlar uchun iliq bayram lahzalari
янв.21
Kuz-qish mavsumi-deputat e'tiborida
янв.21
Депутатлар томонидан Кармана тумани тиббиёт бирлашмасининг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
Sessiya ishi

Bugun Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashining yettinchi chaqiriq 12-sessiyasi tuman hokimligi majlislar zalida bo‘lib o‘tdi.

Sessiya ishida Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimi o'rinbosarlari, tuman prokurori, ichki ishlar bo‘limi rahbarlari, tegishli tashkilot va muassasalar rahbarlari hamda mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari ishtirok etdi.

Kun tartibiga jami 17 ta masala kiritildi. Ular qatorida:

• “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosi;

• Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, ijtimoiy soha obyektlari va ko‘p qavatli uy-joylarni mavsumga tayyorlash;

• Oliy ta’lim muаssаsаlаri bitiruvchilarining bandligini ta’minlash;

• jamoat xavfsizligi va huquqbuzarliklarning oldini olish;

• mahallalardagi muammolarni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi.

Sessiya davomida mas’ul rahbarlar hisobot berdi, deputatlar tomonidan qator savollar va takliflar bildirildi. Har bir masala yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, ijrosi uchun aniq vazifalar belgilab berildi.

Qabul qilingan qarorlar Yangiobod tumanida aholining turmush darajasini yuksaltirish, hududda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni izchil amalga oshirish va aholi manfaatlarini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 8