Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Murojaatnoma — har bir soha vakillari uchun dasturilamal
янв.21
Ekologik partiya: mahallalarda targ‘ibot ishlari yangi bosqichda
янв.21
Prezident Murojaatnomasi mazmuni keng jamoatchilikka yetkazildi
янв.21
TA’LIM MUASSASALARIDA TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
янв.21
“Deputat O. Yoldoshev tomonidan korrupsiyaning oldini olish va marosimlarni ixchamlashtirish bo‘yicha targ‘ibot uchrashuvi”
янв.21
Кармана туманида тиббиёт бирлашмаси фаолияти ўрганилди
янв.21
Ko'zi ojizlar va yordamga muhtojlar uchun iliq bayram lahzalari
янв.21
Kuz-qish mavsumi-deputat e'tiborida
янв.21
Депутатлар томонидан Кармана тумани тиббиёт бирлашмасининг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
Партия ходимлари қишлоқ аёллари ҳолидан хабар олди
Dehqonobod tumanida 24 nafar istiqlol farzandining sunnat toʻylari oʻtkazildi

 Dehqonobod tumanida 24 nafar istiqlol farzandining sunnat toʻylari oʻtkazildi

Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 34 yillik tantanalari yurtimiz boʻylab keng nishonlanmoqda. Ayniqsa, Dehqonobod
tumanida tashkil etilgan ijtimoiy-maʼnaviy tadbirlar xalqimizga bayramona kayfiyat ulashmoqda. Yaqinda tuman hududidagi ehtiyojmand oilalarning 24 nafar farzandi uchun oʻzgacha ruhda sunnat toʻylari oʻtkazildi.
 

  Tashkilotchilarning maqsadi — nafaqat bayramni keng nishonlash, balki jamiyatda mehr-oqibat va hamjihatlik tamoyillarini
mustahkamlash edi. “Vatan uchun, Millat uchun, Xalq uchun!” degan ezgu shior ostida oʻtkazilgan tadbir Xalq deputatlari Dehqonobod tuman kengashi deputati, tadbirkor Abbos Jumayev homiyligida amalga oshirildi.
 

  Farzandlari sunnat to‘yiga sazovor boʻlgan ota-onalar ushbu xayrli ishni alohida qadrlab, davlatimiz rahbariyatiga,
tashabbuskorlarga samimiy minnatdorliklarini bildirishdi:
 

— Bu kabi tadbirlar xalqimizning ogʻirini yengil qilishga xizmat qiladi. Ayniqsa, bolalarimizning yuzidagi quvonch — eng katta
baxtimiz. Prezidentimiz va mehr-oqibatli insonlarga rahmat, — deydi to‘y bolalaridan birining onasi.
   

Marosimda tuman hokimi, Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Sherzod Shokirov ham ishtirok etib, yigʻilganlarni bayram bilan muborakbod etdi. Shuningdek, homiylik qilgan Abbos Jumayevga tuman hokimligi nomidan minnatdorchilik bildirdi.  

Slide 1 of 8