Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi loyihasi bo‘yicha targ‘ibot-tushuntirish tadbiri bo‘lib o‘tdi
янв.21
Murojaatnoma — har bir soha vakillari uchun dasturilamal
янв.21
Ekologik partiya: mahallalarda targ‘ibot ishlari yangi bosqichda
янв.21
Prezident Murojaatnomasi mazmuni keng jamoatchilikka yetkazildi
янв.21
TA’LIM MUASSASALARIDA TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
янв.21
“Deputat O. Yoldoshev tomonidan korrupsiyaning oldini olish va marosimlarni ixchamlashtirish bo‘yicha targ‘ibot uchrashuvi”
янв.21
Кармана туманида тиббиёт бирлашмаси фаолияти ўрганилди
янв.21
Ko'zi ojizlar va yordamga muhtojlar uchun iliq bayram lahzalari
янв.21
Kuz-qish mavsumi-deputat e'tiborida
янв.21
Депутатлар томонидан Кармана тумани тиббиёт бирлашмасининг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
Tumanda “Bilimlar kuni” tadbirlari boʻlib oʻtmoqda

 2025-yil 2-sentyabr kuni Payariq tumanidagi 6-umumta’lim maktabida yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan an’anaviy “Birinchi qo‘ng‘iroq” tantanasi bo‘lib o‘tdi. Mamlakatimizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi, bu kunda Payariq tumani maktablarida ham bilim dargohlariga qadam qo‘ygan o‘quvchilar, ayniqsa 1-sinfga qabul qilingan bolajonlar uchun unutilmas bayram tashkil etildi. 

Tadbirda Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati Sobir Maxkamov ishtirok etdi. U o‘zining samimiy tabrigi orqali barcha o‘quvchilarni, ularning ota-onalari va ustozlarni yangi o‘quv yili bilan muborakbod etdi.  

 “Yangi o‘quv yili – bu yangi marralar, yangi maqsadlar va yangi yutuqlar davridir. Farzandlarimizni ilm-ma’rifat bilan qurollantirish, ularni Vatanga, xalqiga sadoqatli insonlar qilib voyaga yetkazish — bu bizning burchimiz. Bugungi yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar beqiyos, shunday ekan, biz barchamiz bir yoqadan bosh chiqarib, ta’lim sifatini oshirishga xizmat
qilishimiz zarur”, — dedi S. Maxkamov. 

Tadbir so‘ngida ramziy tarzda “Birinchi qo‘ng‘iroq” yangradi. Bu jarayonda yuqori sinf o‘quvchilari 1-sinfga qadam qo‘ygan kichkintoylarni qo‘llaridan yetaklab sinfxonalariga olib kirishdi. 

Yangi o‘quv yilining ilk kuni o‘quvchilar, ota-onalar va ustozlar uchun shijoat va ruhiy ko‘tarinkilik bilan boshlandi. Maktab jamoasi bu yil ham yuqori natijalarga erishish, o‘quvchilarning bilim va tarbiyasiga yanada katta e’tibor qaratishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ydi.  

Slide 1 of 5