Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi loyihasi bo‘yicha targ‘ibot-tushuntirish tadbiri bo‘lib o‘tdi
янв.21
Murojaatnoma — har bir soha vakillari uchun dasturilamal
янв.21
Ekologik partiya: mahallalarda targ‘ibot ishlari yangi bosqichda
янв.21
Prezident Murojaatnomasi mazmuni keng jamoatchilikka yetkazildi
янв.21
TA’LIM MUASSASALARIDA TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
янв.21
“Deputat O. Yoldoshev tomonidan korrupsiyaning oldini olish va marosimlarni ixchamlashtirish bo‘yicha targ‘ibot uchrashuvi”
янв.21
Кармана туманида тиббиёт бирлашмаси фаолияти ўрганилди
янв.21
Ko'zi ojizlar va yordamga muhtojlar uchun iliq bayram lahzalari
янв.21
Kuz-qish mavsumi-deputat e'tiborida
янв.21
Депутатлар томонидан Кармана тумани тиббиёт бирлашмасининг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashining kotibiyat ish rejasiga muvofiq, Boyovut tumanida O‘zbekiston Ekologik partiyasi faoliyatining samaradorligini o‘rganish va uni yanada takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

➡️ Yig‘ilishda tumandagi Ekologik partiya tashkiloti tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, ekologik holatni yaxshilash, atrof-muhit muhofazasi, aholining ekologik madaniyatini oshirish borasida olib borilayotgan targ‘ibot-tashviqot ishlari, hamkorlikda tashkil etilgan tadbirlar va mavjud muammolar yuzasidan hisobotlar tinglandi.

➡️ Shuningdek, yig‘ilish davomida partiya faoliyatini yanada samarali tashkil etish, joylardagi ekologik muammolarni bartaraf etishda deputatlarning va fuqarolik jamiyati institutlarining faolligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi.

Tadbir yakunida partiya vakillariga va deputatlarga bir qator topshiriq va tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4