Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
⚡️Eskirgan elektr tarmoqlari va xavfsizlik masalasi — deputat nazoratida
янв.21
📊 MAHALLIY BYUDJET IJROSI — DEPUTATLAR E’TIBORIDA
янв.21
🔰Hisobot sessiya muhokamasiga tayyorlanmoqda – deputatlik nazorati
янв.21
🚗 Avtomobil sanoatidagi o‘zgarishlar — raqobat va yangi imkoniyatlar
янв.21
🤑Imtiyozli kredit olish masalasi deputat e’tiborida
янв.21
🔰Kiberxavfsizlik va mahalladagi barqaror muhit — deputat e’tiborida
янв.21
🔥Is gazidan zaharlanishning oldini olish — deputatlik nazoratida
янв.21
🤑Mintaqaviy hamkorlik — iqtisodiy taraqqiyot omili
янв.21
🔰Deputatlik nazorati: aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan o‘rganish olib borildi
янв.21
🔰Kamchiliklarni bartaraf etish — deputatlik nazoratida
“BEG‘UBOR” MAHALLASIDA “OBOD MAHALLA” DASTURI DOIRASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati, tuman hokimi Saidaliyev A. tomonidan “Beg‘ubor” mahallasida “Obod mahalla” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar hamda qurilish-obodonlashtirish ishlari o‘rganildi.

📍O‘rganish davomida mahalla hududidagi infratuzilma holati, ichki yo‘llar va piyodalar yo‘laklarini ta’mirlash, tungi yoritish chiroqlarini o‘rnatish, shuningdek, aholi uchun qulay dam olish maskanlarini tashkil etish borasida olib borilayotgan ishlarning holatiga alohida e’tibor qaratildi.

🔎Deputat tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarning belgilangan talab va standartlarga muvofiqligi, ularning sifatli hamda o‘z vaqtida bajarilishi yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

🤝Aholi uchun qulay va munosib yashash sharoitlarini yaratish, mahalla infratuzilmasini yaxshilash hamda hududni obodonlashtirish bo‘yicha belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash masalalari deputatlik nazoratiga olindi.

Slide 1 of 2