Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
⚡️Eskirgan elektr tarmoqlari va xavfsizlik masalasi — deputat nazoratida
янв.21
📊 MAHALLIY BYUDJET IJROSI — DEPUTATLAR E’TIBORIDA
янв.21
🔰Hisobot sessiya muhokamasiga tayyorlanmoqda – deputatlik nazorati
янв.21
🚗 Avtomobil sanoatidagi o‘zgarishlar — raqobat va yangi imkoniyatlar
янв.21
🤑Imtiyozli kredit olish masalasi deputat e’tiborida
янв.21
🔰Kiberxavfsizlik va mahalladagi barqaror muhit — deputat e’tiborida
янв.21
🔥Is gazidan zaharlanishning oldini olish — deputatlik nazoratida
янв.21
🤑Mintaqaviy hamkorlik — iqtisodiy taraqqiyot omili
янв.21
🔰Deputatlik nazorati: aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan o‘rganish olib borildi
янв.21
🔰Kamchiliklarni bartaraf etish — deputatlik nazoratida
OILALAR MUSTAHKAMLIGI VA XOTIN-QIZLAR BANDLIGI — DEPUTAT E’TIBORIDA

Oila tinchligi va farovonligi jamiyat barqarorligining muhim asosidir. Oilaviy ajrimlarning oldini olish, xotin-qizlarni kasb-hunarga yo‘naltirish hamda ularning bandligini ta’minlash orqali oilalar mustahkamligini oshirish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan hisoblanadi.

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi deputati Z.Abduraimova Havotog‘ QFY xotin-qizlar faoli bilan uchrashib, mahallada oilaviy ajrimlarning oldini olish, oilalardagi muammolarni barvaqt aniqlash hamda xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish masalalarini muhokama qildi.

Muloqot davomida oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish, er-xotin o‘rtasidagi kelishmovchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish, muammoli oilalar bilan manzilli ishlash va zarur hollarda ularga tegishli mutaxassislar ko‘magini tashkil etish muhimligi ta’kidlandi.

Shuningdek, xotin-qizlarni zamonaviy kasb-hunarlarga o‘qitish, ularning qiziqish va imkoniyatlaridan kelib chiqib bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish hamda mustaqil daromad manbalarini yaratishga ko‘maklashish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Xotin-qizlarning kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish va iqtisodiy faolligini oshirish nafaqat ularning shaxsiy farovonligi, balki oilalarning barqaror daromadga ega bo‘lishida ham muhim ahamiyat kasb etadi.

MAQSAD — MUSTAHKAM OILA VA FAOL AYOLLAR.
Uchrashuv yakunida mahalla xotin-qizlar faoli bilan hamkorlikda oilaviy muammolarni barvaqt aniqlash, ajrimlarning oldini olishga qaratilgan tushuntirish ishlarini kuchaytirish va xotin-qizlarni kasb-hunarga yo‘naltirish bo‘yicha manzilli ishlarni davom ettirish muhimligi qayd etildi.
Deputatlik nazorati doirasida ushbu yo‘nalishdagi ishlarning samaradorligini oshirish va xotin-qizlarning muammolariga amaliy yechim topishga e’tibor qaratiladi.

Slide 1 of 2