🔰#munosabat
🏦O‘zbek tili ravnaqi — milliy taraqqiyot mezoni
🇺🇿O‘zbek-lotin alifbosini takomillashtirishga doir qonunning imzolanishi davlat tilining yozuv me’yorlarini rivojlantirish va yozma savodxonlikni mustahkamlash masalasiga alohida e’tibor qaratadi.
🌏Deputat sifatida alifbo bilan bog‘liq o‘zgarishlarni hayotga tatbiq etishda izchillik, tushuntirish ishlari va aholiga qulaylik yaratish muhim, deb hisoblayman. Ayniqsa, ta’lim muassasalari, davlat idoralari, nashriyotlar va axborot tizimlarida yagona yozuv me’yorlarini qo‘llashga e’tibor qaratish lozim.
🌏Yangi alifboni joriy etish jarayonida fuqarolar va tashkilotlar uchun tushunarli yo‘riqnomalar yaratish, elektron tizimlarni moslashtirish va o‘zgarishlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish muhim ahamiyatga ega. Qonunda amaldagi hujjatlar va ayrim peshlavhalardan foydalanish bo‘yicha ham qoidalar nazarda tutilgan.
🌏O‘zbek tilining nufuzini yuksaltirish — milliy o‘zligimizni, ma’naviy merosimizni va kelajak avlod savodxonligini mustahkamlash demakdir.
Mavluda Xidirova,
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati,
🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt